fbpx Betguru » La Liga. «Barselona» Valensiyadagi dramatik o‘yinda 90+2-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Barselona» Valensiyadagi dramatik o‘yinda 90+2-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Ispaniya chempionatining 31-turida «Barselona» Valensiyada autsayder «Levante» bilan bahs yuritib, og‘ir kechgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Morales va Meleroning penaltidan urgan gollariga Obameyang, Pedri va Lyuk de Yong javob berishdi. Kataloniyaliklar g‘alaba to‘pini 90+2-daqiqada kiritishdi.

E’tiborlisi, mezbonlar 3 bor penalti tepib, biridan foydalana olishmadi — Martining zarbasini ter Stegen qaytardi.

«Barsa» ochkolarini 60taga yetkazib,
2-o‘ringa qaytdi. «Levante» 22 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

Tur doirasida «Real Sosedad», «Osasuna» va «Espanol» ham o‘z hisobiga 3 ochkodan yozdirib qo‘yishdi.

La Liga. 31-tur. 10 aprel

Levante — Barselona 2:3
Gollar: Morales (52, penalti), Melero (83, penalti) — Obameyang (59), Pedri (63), Lyuk de Yong (90+2).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Marti (56).
Levante — Kardenas, Miramon, Per, Postigo, Vezu (Kantero, 76), Son, Radoya (Bardi, 76), Pepel

image