fbpx Betguru » La Liga. «Barselona» noqulay raqibi «Kadis»ni tor-mor etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Barselona» noqulay raqibi «Kadis»ni tor-mor etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chempionatining 5-turida «Barselona» mehmonda so‘nggi pog‘onadagi «Kadis»ni (0) de Yong, Levandovski, Fati va Dembelening gollari evaziga yirik hisobda mag‘lub etdi hamda 13 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi.

E’tiborlisi, bellashuv 83-daqiqada muxlis va operatorning salomatligi yomonlashgani bois to‘xtatildi. Ularga 45-50 daqiqa davomida yordam ko‘rsatildi, so‘ng bahs yakuniga yetkazib qo‘yildi.

Ta’kidlash kerakki, Kataloniya klubi «Kadis»ga qarshi 4 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.

La Liga. 5-tur
Kadis — Barselona 0:4
10 sentyabr, «Nuevo Mirandilya»
Gollar: de Yong (55), Levandovski (65), Fati (86), Dembele (90+2).
Kadis – Ledesma, Saldua, Ernandes, Mbaye, Espino, Aleks Fernandes (Alarkon, 59), Alexo (Bongonda, 60), San-Emeterio (Alkaras, 72), Peres (Mabil, 72), Sobrino (Negredo, 72), Okampo.
Barselona – ter Stegen, Belerin, Pike, Arauxo, Balde (Alonso, 78), Buskets, de Yong, Gavi (Pedri, 57), Depay

image