fbpx Betguru » La Liga. «Barselona» «Atletiko»ni mag‘lub etib, 4-o‘rinni tortib oldi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Barselona» «Atletiko»ni mag‘lub etib, 4-o‘rinni tortib oldi.

Ispaniya La Ligasi 23-turining markaziy uchrashuvi Kataloniyada bo‘lib o‘tdi.

«Kamp Nou» stadionida pandemiya davridan buyon ilk marta deyarli liq to‘lgan stadionda «Barselona» asosiy raqobatchilaridan biri «Atletiko»ga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq Suaresning uzatmasidan keyin Karrasko hisobni ochgan bo‘lsa, ikki daqiqa o‘tib Alba ajoyib zarbasi bilan o‘yingohni larzaga keltirdi – 1:1.

21-daqiqada esa Gavi mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Arauxo gol kiritib Xavi shogirdlarini tanaffusga ishonchli hisobda chiqib ketishlarini ta’minladi – 3:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Dani Alves ajoyib zarbasi bilan Kataloniyaga qaytganidan keyingi ilk golini kiritib, hisobni yiriklashtirdi – 4:1.

Biroq 58-daqiqada Luis Suares sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etib, farqni qisqartirdi – 4:2.

So‘nggi yarim soatlikdagi asosiy voqea esa shu kuni gol va assist muallifiga aylangan 38 yoshli Dani Alves

image