Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

La Liga. «Barselona» «Atletik»ni tor-mor etib 4-o‘ringa qaytdi…

La Liga. «Barselona» «Atletik»ni tor-mor etib 4-o‘ringa qaytdi, Dembeleda gol va 2ta assist
Ispaniya chempionatining 26-turida «Barselona» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubi darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Kataloniyaliklar safida zaxiradan maydonga tushgan Dembele gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«Barsa» ochkolarini 45taga yetkazib, 4-o‘ringa qaytdi. «Atletik» 33 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

Turning yana bir bahsida «Real Sosedad» (41, 7-o‘rin) o‘z uyida «Osasuna»dan (32, 11-o‘rin) minimal hisobda ustun keldi.

La Liga. 26-tur. 27 fevral

Barselona — Atletik 4:0
Gollar: Obameyang (37), Dembele (73), Lyuk de Yong (90), Depay (90+4).
Barselona — ter Stegen, Alves, Arauxo, Pike, Dest, Buskets (Niko, 87), Gavi (Frenki de Yong, 67), Pedri, Traore (Depay, 82), Torres (Dembele, 67), Obameyang (Lyuk de Yong, 87).
Atletik B — Simon, L.Martines, Vivian, Alvares (I.Martines, 46), Balensiaga, Zarraga (N.Uilyams, 67), Vesga (D.Garsiya, 67), Vensedor, Serrano, Vilyalibre (I.Uilyams, 77),