Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

La Liga. «Barselona» «Atletik»ni tor-mor etdi, «Vilyarreal»da qiyin g‘alaba


La Liga 11-turining yakshanba oqshomidagi bahsi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» jamoasi o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qilib, Ernesto Valverde shogirdlarini ayab o‘tirmadi – 4:0.

Shu kuni Levandovski La Ligadagi 9-golini kiritib, to‘purarlar kurashida peshqadamlik qilmoqda.

Shu tariqa, Kataloniya klubi ochkolari sonini 28taga yetkazdi. Peshqadam «Real»da 31 ochko, «Atletik» hisobida esa 18 ochko mavjud bo‘lib, klub 6-o‘rinda bormoqda. «Vilyarreal» ham shuncha ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.

La Liga. 11-tur

Barselona – Atletik 4:0
Gollar: 1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 18 Serdji Roberto, 3:0 – 22 Levandovski, 4:0 – 73 Ferran Torres.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Kunde (Alonso, 63), Erik Garsiya, Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Ferran Torres, 63), Gavi (Kessie, 34), Levandovski (Fati, 63), Dembele (Torre, 77).
Atletik – Unai Simon, De Markos (Lekue, 60), Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Errera (Dani Garsiya, 21; Sanset, 60), Vesga, Sarraga (Vensedor, 70), Uilyams (Raul Garsiya, 70), Berenger, Uilyams.
Ogohlantirishlar: De Markos (16), Xavi (28), Buskets (71), Erik Garsiya (78), Vesga (89).

Vilyarreal – Almeriya 2:1
Gollar: 0:1 – 31 Melero, 1:1 – 56 Aleks Baena, 2:1 – 90 Jekson.
Vilyarreal – Ruli, Mandi (Femeniya, 46), Albiol, Pau Torres, Moxika, Alberto Moreno (Jekson, 46), Koklen (Pino, 87), Parexo, Chukvueze (Trigeros, 62), Aleks Baena, Morales (Dandjuma, 86).
Almeriya – Pacheko, Eli, Chumi, Kayki, Akeme, Eguaras (de la Os, 78), Melero (Lazaro, 86), Robertone (Puchmal, 78), Poso, Baptistao (Embarba, 55), Ture (Ramazani, 86).
Chetlatish: Aleks Baena (56), Morlanes (58).

Jirona – Osasuna 1:1
Gollar: 0:1 – 37 Barxa, 1:1 – 45 David Lopes.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto, David Lopes, Bueno, Xavi (Migel Guterres, 74), Errera (Reyner, 74), Toni Vilya (Rikelme, 55), Romeu, Aleish Garsiya, Valexo (Fernandes, 55), Kastelyanos (Stuani, 81).
Osasuna – Errera, Penya (Oros, 64), Vidal, Xuan Krus, Unai Garsiya, Sanches, Moyses Gomes (Ibanes, 82), Torro (Brashanats, 64), Monkayola, Chimi Avila (Kike Garsiya, 82), Ez Abde (Barxa, 8).