fbpx Betguru » La Liga. «Atletiko» yirik hisobda g‘alaba qozonib…
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletiko» yirik hisobda g‘alaba qozonib…

La Liga. «Atletiko» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
Ispaniya Primerasi 25-turi doirasidagi yana bir uchrashuv yakuniga yetdi.

«Atletiko» klubi safarda «Osasuna»ga qarshi saf tortib, Feliks, Suares va Korreaning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

Shu tariqa, «Atletiko» ochkolari sonini 42taga yetkazib, hozircha 4-o‘ringa ko‘tarildi. 5-6-o‘rinlarni egallab turgan «Vilyarreal» va «Barselona» hisobida 39tadan ochko bor. Kataloniya klubi tur doirasidagi bahsini yakshanba kuni o‘tkazadi.

La Liga. 25-tur
Osasuna – Atletiko 0:3
Gollar: 0:1 – 3 Joau Feliks, 0:2 – 59 Suares, 0:3 – 89 Korrea.
Osasuna – Errera, Vidal (Martines, 83), Xuan Krus, David Garsiya, Sanches (Xose Anxel, 76), Ruben Garsiya (Barxa, 67), Brashanats (Roberto Torres, 67), Torro, Monkayola, Chimi Avila (Kike Garsiya, 67), Budimir.
Atletiko – Oblak, Vrsalko, Savich, Ximenes (Felipe, 46), Reynildu, Lorente (Korrea, 81), Karrasko (Serrano, 82), Koke, Errera, Suares (Kondogbia, 72), Joau Feliks (Ermoso, 82).

image