fbpx Betguru » La Liga. «Atletiko» «Rayo Valekano»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletiko» «Rayo Valekano»ni mag‘lub etib, 4-o‘ringa ko‘tarildi

La Liga 19-turi doirasidagi «Atletiko» – «Rayo Valekano» uchrashuvi yakuniga yetdi.

Madriddagi bahsda Korreaning dubli Diyego Simeone shogirdlariga g‘alaba keltirdi – 2:0. Shu kuni argentinalik murabbiy va madridliklarning uch o‘yinchisi Antuan Grizmann, Joau Felish va Ektor Errera koronavirus sababli o‘yinni o‘tkazib yuborishdi.

Ushbu g‘alaba bilan «Atletiko» ochkolari sonini 32taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Rayo» esa 30 ochko bilan 5-pog‘onaga pastladi.

La Liga. 19-tur
Atletiko – Rayo Valekano 2:0
Gollar: 1:0 – 28 Korrea, 2:0 – 53 Korrea.
Atletiko – Oblak, Tripper, Himenes, Ermoso, Lodi, Karrasko, Lemar, Kondogbia, de Paul, Suares (Mateus Kunya, 72), Korrea.
Rayo Valekano – Zidan, Baliu, Savelich, Marash, Fran Garsiya, Rodriges (Bebe, 59), Unai Lopes (Trexo, 59), Komesanya (Falkao, 76), Oskar Valentin, Gvardiola (Arevalo, 82), Palason (Martin, 46).

Ishonchli bukmekerni tanlang

image