fbpx Betguru » La Liga. «Atletiko» qoldirilgan o‘yinda so‘nggi o‘rindagi «Levante»ga yutqazib qo‘ydi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletiko» qoldirilgan o‘yinda so‘nggi o‘rindagi «Levante»ga yutqazib qo‘ydi

La Liga. «Atletiko» qoldirilgan o‘yinda so‘nggi o‘rindagi «Levante»ga yutqazib qo‘ydi
Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Atletiko» kutilmaganda Madridda autsayder «Levante»ga mag‘lub bo‘ldi. Meleroning goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

E’tiborlisi, amaldagi chempion «Levante»ni qatorasiga 4-o‘yinda mag‘lub eta olmadi. Simeone jamoasi o‘tgan mavsumda ham o‘z uyida yutqazib qo‘ygandi (0:2).

«Levante» ochkolarini 14taga yetkazib, hamon so‘nggi 20-pog‘onada. 39 ochkosi bor «Atletiko» 4-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatidan foydalana olmay, 5-pog‘onada qoldi.

La Liga. 21-tur
Atletiko — Levante 0:1
16 fevral, «Vanda Metropolitano»
Gol: Melero (54).
Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Reynildu (Lodi, 78), de Paul (Felish, 64), Lemar (Errera, 78), Koke (Vrsalko, 65), Kondogbia, Lorente, Korrea, Kunya (Suares, 65).
Levante – Kardenas, Miramon, Kaseres, Duarte, Rober, Son, Melero (Koke, 89), Bardi (Malsa, 62), Pepelu (Vukchevich, 89), Roxer Marti (Morales, 68), De Frutos (Dani Gomes, 68).
Ogohlantirishlar: de Paul (26), Pepelu (70), Gomes (76), Savich (85), Miramon (85), Korrea (90+6), Son (90+7).

image