fbpx Betguru » La Liga. «Atletiko» 90+9-daqiqada gol o‘tkazib, «Kadis»ga sensatsion mag‘lubiyatga uchradi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

La Liga. «Atletiko» 90+9-daqiqada gol o‘tkazib, «Kadis»ga sensatsion mag‘lubiyatga uchradi


La Liga 12-turi doirasida «Atletiko» «Kadis» maydoniga safar qildi.

Turnir jadvalining so‘nggi o‘rinlarida borayotgan jamoaga qarshi bahsda Diyego Simeone jamoasi 81-daqiqadan keyin 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Felish 85 va 89-daqiqalarda ikkita gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarayotgan edi – 2:2.

Ammo 90+9-daqiqada mezbonlar Sobrinoning goli evaziga g‘alaba qozonishdi – 3:2.

Shu tariqa, «Atletiko» mavsumdagi 3-mag‘lubiyatni tan olib 23 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Kadis» 10 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarildi.

La Liga. 12-tur
Kadis – Atletiko 3:2
Gollar: 1:0 – 1 Bongonda, 2:0 – 81 Aleks Fernandes, 2:1 – 85, Joau Felish, 2:2 – 89 Joau Felish, 3:2 – 90+9 Sobrino.
Kadis – Ledesma, Ernandes, Fali Ximenes, Mbaye (Viktor Chust, 30), Espino, Aleks Fernandes, San-Emeterio (Xose Mari, 68), Bongonda (Alexo, 74), Losano (Lukas Peres, 74), Sobrino, Okampo (Alkaras, 68).
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Vitsel, Reynildu, Karrasko (Grizmann, 60), Kondogbia (Barrios, 72), Saul, de Paul, Morata (Mateus Kunya, 10), Korrea (Joau Felish, 60).
Ogohlantirishlar: Kondogbia (62), San-Emeterio (65), Saul (78), Viktor Chust (87), Mateus Kunya (90), Joau Feliks (90).

image