fbpx Betguru » La Liga. Andalusiya derbisida «Sevilya» 3-o‘rindagi «Betis»ni mag‘lub etib…
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

La Liga. Andalusiya derbisida «Sevilya» 3-o‘rindagi «Betis»ni mag‘lub etib…

La Liga. Andalusiya derbisida «Sevilya» 3-o‘rindagi «Betis»ni mag‘lub etib, oradagi farqni oshirdi
Ispaniya Primerasi 26-turi doirasidagi «olti ochkolik» markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.

Turnir jadvalida 2-3-o‘rinlarni egallab turgan «Sevilya» va «Betis» o‘rtasidagi bahs kutilgan shiddatni taqdim eta oldi. Andalusiya derbisida Rakitich va Munirning kiritgan gollariga rasmiy mehmonlar safidan Kanales so‘nggi daqiqalarda bitta gol bilan javob qaytardi – 2:1.

Shu tariqa, «Sevilya» ochkolari sonini 54taga oshirib, 3-o‘rindagi «Betis» bilan oradagi farqni 8 ochkoga (46) yetkazdi.

La Liga. 26-tur
Sevilya – Betis 2:1
Gollar: 1:0 – 24, penalti Rakitich, 2:0 – 41 Munir, 2:1 – 90+4 Kanales.
Sevilya – Bunu, Navas, Fernando, Diyego Karlos (Gudel, 46), Akunya (Augustinsson, 81), Rakitich, Dileyni, Jordan (Oliver Torres, 76), Gomes (Munir, 30), Korona, En-Nesiri (Rafa Mir, 81).
Betis – Bravo, Belerin, Ruis, Bartra, Moreno, Kanales, Vilyam Karvalyu (Ruibal, 46), Rodriges (Akuoku, 77), Telo, Fekir (Xoakin, 46), Iglesias (Villian Joze, 70).
Ogohlantirishlar: Kanales (13), Jordan (13), Akunya (28), Bunu (67), Rodriges (75), Ruibal (77), Augustinsson (87).

image