fbpx Betguru » Kurtua YeCHL rekordini o‘rnatdi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Kurtua YeCHL rekordini o‘rnatdi

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar Ligasida bir mavsumdagi seyvlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Belgiyalik posbon Madrid klubiga Chempionlar Ligasi finalida «Liverpul» (1:0) mag‘lub etilishida yordam berdi va darvoza tomon berilgan 9ta zarbani qaytardi.

Butun turnir davomida Tibo jami 59 ta seyv amalga oshirdi. Bu — statistika yuritilgan 2003/04 yilgi mavsumdan keyingi davr rekordi.

Shuningdek, Kurtua finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

image