fbpx Betguru » Kuman – Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Kuman – Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi


Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqan Lui van Gal o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

JCH-2022 yakunidan keyin Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Ronald Kuman ish boshlaydi. Niderlandiya futbol ittifoqi Qatardagi turnirdan keyin bosh murabbiy sifatida Kuman tayinlanishi haqida aprel oyidayoq e’lon qilgandi. Niderlandiyalik 59 yoshli mutaxassis bilan JCH-2026 yakuniga qadar 4 yillik shartnoma imzolangan.

Ronald murabbiylik faoliyati davomida avval ham ushbu lavozimga tayinlangan. U 2018-2020 yillar davomida ham Niderlandiya bosh murabbiyi sifatida ishlagandi. Shuningdek, Kuman «Barselona», «Everton», «Valensiya» klublarini ham boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya JCH-2022 chorakfinalida penaltilar seriyasida Argentinaga mag‘lub (2:2, pen – 3:4) bo‘lib, turnirni tark etdi.

image