 
                Kosta-Rika JCH-2022ning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashadigan so‘nggi — 32-jamoa aniqlandi.
Kosta-Rika o‘tish o‘yinida Okeaniya mintaqasi g‘olibi Yangi Zelandiyani Joel Kempbellning tezkor goli evaziga mag‘lubiyatga uchratib, mundialga yo‘llanma oldi.
KONKAKAF vakili final bosqichida Ye guruhida Ispaniya, Germaniya va Yaponiya bilan bahs yuritadi.
JCH-2022 saralashi. O‘tish o‘yini
Kosta-Rika — Yangi Zelandiya 1:0
14 iyun. Doha. «Ahmad bin Ali»
Gol: Kempbell (3).
Kosta-Rika – Navas, Fuller (Martines, 46), Duarte, Kalvo, Ovedo, Torres (Uoston, 46), Borxes (Chakon, 79), Texeda, Kempbell (Venegas, 90+3), Kontreras, Bennet (Ruis, 46).
Yangi Zelandiya – Seyl, Kirven (Peyn, 79), Rid (Jast, 72), Tuiloma, Peynaker, Kakache, Lyuis (Stamenich, 80), Bell, Garbett (Ueyn, 60), Vud, Greyv (Barbaruses, 60).
Ogohlantirishlar: Rid (70), Kontreras (90+2), Ruis (90+4).
Chetlatish: Barbaruses (69).
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan