fbpx Betguru » Konferensiyalar ligasi mavsum ramziy jamoasi e’lon qilindi. Tarkibdan «Roma»ning 4 o‘yinchisi joy oldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Konferensiyalar ligasi mavsum ramziy jamoasi e’lon qilindi. Tarkibdan «Roma»ning 4 o‘yinchisi joy oldi

UEFA rasmiy sayti ilk marta o‘tkazilgan Konferensiyalar ligasi mavsum ramziy jamoasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, turnir g‘olibiga aylangan Joze Mourino murabbiyligidagi «Roma» jamoasining 4 nafar futbolchisi yil jamoasidan joy oldi. Finalchi «Feyenoord»dan esa 5 o‘yinchi kiritilgan.

Konferensiyalar ligasi mavsum ramziy jamoasi:
Darvozabon: Ruy Patrisiu (Roma)
Himoyachilar: Gertreyda (Feyenoord), Smolling (Roma), Trauner (Feyenoord), Malasiya (Feyenoord).
Yarimhimoyachilar: Pellegrini (Roma), Payet (Marsel), Dyusberi-Xoll (Lester), Sinisterra (Feyenoord)
Hujumchilar: Dessers (Feyenoord), Abraham (Roma).

image