fbpx Betguru » Klublar o‘rtasidagi JCH. «Al Hilol» «Al Jazira»ga 6ta gol urib, yarimfinalga chiqdi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Klublar o‘rtasidagi JCH. «Al Hilol» «Al Jazira»ga 6ta gol urib, yarimfinalga chiqdi

BAAda o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida so‘nggi yarimfinalchi aniqlandi.

OCHL g‘olibi «Al Hilol» mezbon «Al Jazira» darvozasiga 6ta to‘p kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Yarimfinalda 9 fevral kuni «Al Hilol» YeCHL g‘olibi «Chelsi» sinovidan o‘tadi, ikkinchi juftlikda 8 fevralda «Al Ahli» va «Palmeyras» o‘zaro bahs yuritashadi.

Klublar o‘rtasidagi JCH. 1/4 final
Al Hilol — Al Jazira 6:1
6 fevral «Muhammad bin Zayid stedium»
Gollar: Igalo (36), Pereyra (40), Kano (58), Salim Ad-Dovsari (78), Marega (88), Karrilo (90+2, penalti) — Diabi (14).18:21

image