fbpx Betguru » Klublar o‘rtasidagi JCH. «Al-Ahli» 9 kishi qolgan «Al-Hilol»ni tor-mor etib…
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Klublar o‘rtasidagi JCH. «Al-Ahli» 9 kishi qolgan «Al-Hilol»ni tor-mor etib…

Klublar o‘rtasidagi JCH. «Al-Ahli» 9 kishi qolgan «Al-Hilol»ni tor-mor etib, 3-o‘rinni egalladi
FIFAning klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medali uchun uchrashuv yakuniga yetdi.

Misrning «Al-Ahli» va Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi o‘rtasidagi bahsda Afrikaning eng kuchli jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi amaldagi g‘olibini yirik hisobda taslim etdi. Al-Hanafining dubli hamda Abdulqodir va As-Sulayyaning gollari Qohira klubiga 3-o‘rinni keltirdi – 4:0.

Uchrashuvning 14 va 28-daqiqasida Ar-Riyod klubi futbolchilari Pereyra va Kanno maydondan chetlatilgach, «Al-Hilol» qolgan daqiqalarda 9 kishi bo‘lib harakat qildi.

12 fevral (shanba)
Klublar o‘rtasidagi JCH. 3-o‘rin uchun o‘yin.
Al-Hilol (Saudiya Arabistoni)– Al-Ahli (Misr) – 0:4
Gollar: 0:1 – 8 Al-Hanafi, 0:2 – 17 Al-Hanafi, 0:3 – 40 Abdulqodir, 0:4 – 64 As-Sulayya.
Al-Hilol – Al-Ovays, Abdulhamid, Chjan Xen Su, Al Mufarraj, Al-Shahroni (Al-Bruyk, 72), Karrilo (Al-Faraj, 46), Ad-Dosari (Maykl Richard, 84), Kuelyar (Jahfali, 46), Kanno, Mateus Pereyra, Marega.
Al-Ahli – Lofti, Hani (Fuad, 46), Al-Hanafi, Abdulmonem, Ma’lul (Mahmud, 87), As-Sulayya, Fatxi, Deng (Soliman, 66), Abdulqodir (Mikuisson, 87), Sharif, Mohammad (Ash-Shahat, 46).
Chetlatish: Mateus Pereyra (14), Kanno (28).

image