fbpx Betguru » Klopp: «Liverpul» 99 daqiqa davomida yuqori saviyada himoyalandi» «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 11-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (1:0) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Klopp: «Liverpul» 99 daqiqa davomida yuqori saviyada himoyalandi» «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 11-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga (1:0) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


«Natija ideal. O‘yin juda yaxshi, shiddat ajoyib edi.

99 daqiqa davomida yuqori saviyada himoyalandik. Raqibda imkoniyatlar bo‘ldi, lekin o‘z jarima maydonimizda juda yaxshi o‘ynadik.

Bu natija biz uchun katta ahamiyatga ega. «Man Siti» qarshi hujumlar tashkil qila olmadi, bizda 3ta shunday vaziyat bo‘ldi.

Gol? Alissonning fantastik harakati va Salohning chiroyli o‘tishi. U bir marta gol ura olmasligi mumkin, lekin ketma-ket 2ta vaziyatni ko‘kka sovurmaydi.

Hammasini gollar hal qiladi, ammo bu o‘yinda dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi ko‘plab yaxshi daqiqalar bo‘ldi», — deya «Liverpul» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi VVS.

Eslatib o‘tamiz, Klopp bellashuv so‘ngida hakamga e’tirozi uchun maydondan chetlatil

image