Saturday, 3 December 2022
← Go to the news

Keyn APL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida Anrini ortda qoldirdi…

Keyn APL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida Anrini ortda qoldirdi. Oldinda 5 futbolchi bor
«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn «Everton» (5:0) bilan o‘yinda Premer-ligadagi 175 va 176-gollarini urdi.

Natijada 28 yoshli ingliz turnir tarxidagi to‘purarlar ro‘yxatida «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Terri Anrini (175) ortda qoldirdi.

Keyndan oldinda 5 futbolchi bor: Frenk Lempard (177), Serxio Aguero (184), Endi Koul (187), Ueyn Runi (208) va Alan Shirer (260).