Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

Karim Benzema — «Oltin to‘p» sohibi



Parijda 2022 yil uchun «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kutilganidek «Real» hujumchisi Karim Benzema mukofotni qo‘lga kiritdi.

Foto: France Football
34 yoshli fransuz o‘tgan mavsumda Madrid klubi bilan Chempionlar Ligasi, La Liga, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Hujumchi YeCHLda 15ta, Ispaniya chempionatida 27ta gol bilan to‘purarga aylandi.

Top-5dan «Bavariya»ning senegallik vingeri Sadio Mane (2), «Manchester Siti»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne (3), «Barselona»ning polshalik forvardi Robert Levandovski (4), «Liverpul»ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh (5) ham o‘rin oldi.