fbpx Betguru » «Kam sonli o‘yinchilar faoliyatida 700ta o‘yin o‘tkazadi, u esa 700ta gol kiritdi». Ten Hag Ronalduni maqtadi
Tuesday, 14 May 2024
← Go to the news

«Kam sonli o‘yinchilar faoliyatida 700ta o‘yin o‘tkazadi, u esa 700ta gol kiritdi». Ten Hag Ronalduni maqtadi


Erik ten Hag klublardagi faoliyati davomida 700ta gol kiritishga erishgan Krishtianu Ronalduni tabrikladi.

«Bu ajoyib natija. Futbol – jamoaviy o‘yin, Ronaldu esa jamoaning yordamisiz hech narsaga erishib bo‘lmasligini hammadan yaxshi biladi. Ammo klublardagi faoliyati davomida 700ta gol kiritish – juda katta individual ko‘rsatkich.

Kam sonli o‘yinchilargina faoliyati davomida 700ta o‘yin o‘tkazishi mumkin, Ronaldu esa 700ta gol kiritgan! Bundan juda ham xursandmiz va uni yana bir marta tabriklayman», – deydi «Manchester Yunayted» ustozi.

Portugaliyalik 37 yoshli forvard APL doirasidagi «Everton»ga qarshi bahsda (2:1) klublardagi 700-golini kiritgandi.

image