fbpx Betguru » JCH-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

JCH-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi


Jahon chempionatida Ye guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya (6) kutilmaganda Ispaniya (4, to‘plar nisbati: +6) ustidan irodali g‘alabaga erishib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Ispanlar esa to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘rinni egallashdi.

Germaniyaga (4, to‘plar nisbati: +1) gollarga boy bahsda Kosta-Rika (3) ustidan g‘alaba qozondi, ammo to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda qolib ketdi. «Nemis mashinasi» qatorasiga 2-bor mundialda pley-offga chiqa olmadi.

1/8 finalda Yaponiya 5 dekabr kuni F guruhida 2-o‘rinni egallagan Xorvatiya bilan o‘ynasa, Ispaniya 6 dekabrda o‘sha guruh peshqadami Marokashga qarshi ro‘baro‘ keladi.

JCH-2022. Ye guruhi
3-tur. 1 dekabr
Yaponiya — Ispaniya 2:1
Gollar: Doan (48), Tanaka (51) — Morata (11).
Yaponiya – Gonda, Yoshida, Taniguti, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 46), Morita, Tanaka (Endo, 87), Kamada (Tomiyasu, 69), Kubo (Doan, 46), Ito, Maeda (Asano, 62).
Ispaniya – Simon, Aspilikueta (Karvaxal, 46), Rodri, Pau Torres, Balde (Alba, 68), Buskets, Pedri, Gavi (Fati, 68), Olmo, Morata (Asensio, 57), Uilyams (Ferran Torres, 57).
Ogohlantirishlar: Itakura (39), Taniguti (44), Yoshida (45).

Kosta-Rika — Germaniya 2:4
Gollar: Texeda (58), Vargas (70) — Gnabri (10), Haverts (73, 85), Fyullkrug (90+1).
Kosta-Rika – Navas, Fuller (Bennette, 74), Duarte, Uoston, Vargas, Ovedo (Kontreras, 90+3), Agilera (Salas, 46), Borxes, Texeda (Vilson, 90+3), Venegas (Matarrita, 74), Kempbell.
Germaniya – Noyer, Ryudiger, Zyule (Ginter, 90+3), Raum (Gyotse, 67), Gundo‘g‘an (Fyullkrug, 55), Goretska (Klostermann, 46), Kimmix, Myuller (Haverts, 67), Gnabri, Sane, Musiala.
Ogohlantirish: Duarte (76).

image