Friday, 3 February 2023
← Go to the news

JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni Ummonni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi.

JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistoni Ummonni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi
JCH-2022 Osiyo saralashi uchinchi raundi 7-turi doirasidagi navbatdagi bahs yakuniga yetdi.

«V» guruhi peshqadami Saudiya Arabistoni Ummonga qarshi saf tortib, Al-Birakanning 48-daqiqadagi yagona goli evaziga muhim uch ochkoga ega chiqdi.

Natijada, peshqadam saudlar 7-o‘yindagi 6-g‘alabaga erishgan holda ochkolari sonini 19taga yetkazishdi va JCH-2022 sari yana bir muhim qadamni tashlashdi. 1 fevral kuni o‘tadigan navbatdagi turda Yaponiya yoki Avstraliyaning ochko yo‘qotishi va saudlarning g‘alabasi ularga mundial yo‘llanmasini muddatdan avval taqdim etishi mumkin.

JCH-2022. Osiyo 3-saralash bosqichi.
V guruhi. 7-tur
Saudiya Arabistoni – Ummon – 1:0
Gol: Firas Al-Birakan, 48.