fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi.
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi.

Kanada ketma-ket 6-g‘alabasiga erishib mundialga yaqinlashdi, Meksika va AQSHda ham g‘alaba
Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasida 2022 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Kanada qatorasiga 6-g‘alabasiga erishib, peshqadamligini mustahkamladi. Jamoa qolgan 3 o‘yinda 2 ochko to‘plasa ham, o‘z tarixida 2-marta mundialga yo‘l oladi.

Shuningdek, tur doirasida AQSH yirik hisobda, Meksika va Kosta-Rika esa minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.

JCH-2022 saralashi. KONKAKAF
11-tur. 2 fevral
Salvador — Kanada 0:2
Gollar: Hatchinson (66), Devid (90+3).

AQSH — Honduras 3:0
Gollar: Makkenni (8), Zimmerman (37), Pulishich (67).

Meksika — Panama 1:0
Gol: Ximenes (80, penalti).

Yamayka — Kosta-Rika 0:1
Gol: Kempbell (62).

image