fbpx Betguru » JCH-2022 saralashi.
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 saralashi.

JCH-2022 saralashi. Avstraliyadan yirik g‘alaba, Yaponiya Xitoyni mag‘lub etib, Saudiyaga yaqinlashdi
 27 yanvar kuni Osiyo maydonlarida JCH-2022 uchinchi saralash bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

V guruhida 7-tur doirasidagi dastlabki bahsda Yaponiya Xitoy ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – 2:0.

Avstraliya esa guruh autsayderi Vetnamga qarshi saf tortib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 4:0.

Natijada, Yaponiya 15 ochko bilan 2-o‘rinda qolib, Saudiyadan hozircha bir ochkoga ortda qolayotgan bo‘lsa, Avstraliya 14 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 5-o‘rindagi Xitoy hisobida 5 ochko, 6-o‘rindagi Vetnamda esa ochko yo‘q.

JCH-2022. Saralash bosqichi.
3-raund. V guruhi.
Yaponiya – Xitoy – 2:0
Gollar: Yuya Osako 13 pen., Dzyunya Ito 61.

Avstraliya — Vetnam — 4:0
Gollar: Jeymi Maklaren 30, Tom Rogich 45, Kreyg Gudvin 72, Rayli Makgri 76.

image