fbpx Betguru » JCH-2022 oldidan: qo‘rquv nimaligini bilmaydigan, sovuqqon «nemis mashinasi»
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

JCH-2022 oldidan: qo‘rquv nimaligini bilmaydigan, sovuqqon «nemis mashinasi»


Mundiallardagi chempionliklar soni bo‘yicha faqat Braziliyadan (5) ortda qolayotgan Germaniya Qatarda ham favoritmi? Rossiyada o‘tgan 2018 yilgi musobaqada buzilib qolgan (guruhda qolib ketgan) «nemis mashinasi» yana katta sahnaga qaytadimi?

FIFA reytingidagi o‘rni — 11

JCH-2022 sari yo‘l — 9 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati — 36:4.

Saralashdagi eng yaxshi to‘purar — Serj Gnabri (5), Ilkay Gundo‘g‘an (5), Timo Verner (5).

Mundiallardagi eng yaxshi natijasi — chempionlik (1954, 1974, 1990, 2014).

Guruh bosqichidagi o‘yinlari

23 noyabr, 18:00. Germaniya — Yaponiya

27 noyabr, 23:59. Ispaniya — Germaniya

1 dekabr, 23:59. Kosta-Rika — Germaniya

TARKIB

Hans-Diter Flik tarkibga 26 futbolchini kiritdi.

Darvozabonlar: Manuel Noyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Kevin Trapp («Ayntraxt»);

Himoyachilar: Armel Bella-Kochap («Sauthempton»), Mattias Ginter, Kristian Gyunter (ikkisi ham – «Frayburg»), Tilo Kerer («Vest Hem»), Lukas Klostermann, David Raum (ikkisi ham – «RB Leypsig»), Antonio Ryudiger («Real»), Niko Shlotterbek, Niklas Zyule (ikkisi ham – «Borussiya» Dortmund);

Yarimhimoyachilar: Yulian Brandt («Borussiya» Dortmund), Leon Goretska, Yozua Kimmih, Tomas Myuller, Jamal Musiala, Leroy Sane (barchasi – «Bavariya»), Mario Gyotse («Ayntraxt»), Ilkay Gundo‘g‘an («Manchester Siti»), Kay Haverts («Chelsi»), Yonas Hofmann («Borussiya» Menxengladbah);

Hujumchilar: Niklas Fyullkrug («Verder»), Serj Gnabri («Bavariya»), Karim Adeyemi, Yussufa Mukoko (ikkisi ham – «Borussiya» Dortmund)

image