← Go to the news
                 
                
                    
                        
                            
                        
                             
                    
                    
                
            
            
                        
         
                
                            22.11.2022
                                                                  1320
                                    
                            So'ngi yangiliklar
                        JCH-2022 mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi, g‘olib 42 mln dollar oladi
FIFA hisobotiga ko‘ra, Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati mukofot jamg‘armasi 440 mln dollarga teng bo‘ladi.
Jahon chempioni bo‘lgan milliy jamoaga 42 mln dollar beriladi. 4 yil oldin Rossiyada o‘tkazilgan turnirda bu qiymat 38 mln dollarga teng edi.
Mukofot jamg‘armasi taqsimoti quyidagicha:
• JCH-2022 g‘olibi — $42 mln;
• 2-o‘rin sohibi — $30 mln;
• 3-o‘rin sohibi — $27 mln;
• 4-o‘rin sohibi — $25 mln;
• 5-8-o‘rinlar — $17 mln (jami $68 mln);
• 9-16-o‘rinlar — $13 mln (jami $104 mln);
• 17-32-o‘rinlar — $9 mln (jami $144 mln).
Bundan tashqari FIFA futbolchilarni milliy jamoalarga yuborgan klublarga 200 mln dollarni taqsimlab beradi.
Jahon chempionati 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadi va 18 dekabrgacha davom etadi.
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan