fbpx Betguru » JCH-2022. Janubiy Koreya 90+1-daqiqadagi gol evaziga Portugaliyani mag‘lub etib 1/8 finalga chiqdi, Urugvay turnir bilan xayrlashdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

JCH-2022. Janubiy Koreya 90+1-daqiqadagi gol evaziga Portugaliyani mag‘lub etib 1/8 finalga chiqdi, Urugvay turnir bilan xayrlashdi


JCH-2022 H guruhi 3-turi doirasidagi ikki uchrashuv bilan pley-offga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

1/8 finalga muddatdan avval yo‘llanma olgan Portugaliya milliy jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda Rikardu Ortaning goli evaziga hisobni ochganiga qaramay, Kim Yen Gvon hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 90+1-daqiqasida esa Son Hyon Minning uzatmasidan keyin Xvan Xi Chxan koreyslarni nimchorakfinalga olib chiqadigan gol muallifiga aylandi – 2:1.

Urugvay esa Gana bilan uchrashuvda de Arraskaetaning dubli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, to‘plar nisbatiga ko‘ra 3-o‘rinda qoldi.

Shu tariqa, Portugaliya 6 ochko bilan 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 4 ochko va kiritgan gollar nisbatiga ko‘ra Urugvaydan yaxshi natija qayd etgani uchun 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi. Urugvay esa 4 ochko bilan alamli tarzda turnir bilan xayrlashdi.

Janubiy Koreya pley-offda G guruhi g‘olibiga (katta ehtimol Braziliya) qarshi to‘p sursa, Portugaliya G guruhida 2-o‘rin egasiga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2022. H guruhi. 3-tur
Gana – Urugvay 0:2
Gollar: 0:1 – 26 de Arraskaeta, 0:2 – 32 de Arraskaeta.
Noaniq penalti: A.Ayyu, 21 (G).
Gana – Ati-Ziji, Seydu, Amarti, Salisu, Baba, Parti, Abdul-Samad (Kere, 72), Quddus, Ayyu (Bukari, 46), Ayyu (Sulemana, 46), Uilyams (Semeno, 72).
Urugvay – Rochet, Varela, Koates, Ximenes, Olivera, Pelistri (de la Krus, 66), de Arraskaeta (Kanobbio, 80), Bentankur (Vesino, 34), Valverde, Suares (Kavani, 66), Nunes (Maksi Gomes, 80).
Ogohlantirishlar: Nunes (19), Suares (60).

Janubiy Koreya – Portugaliya 2:1
Gollar: 0:1 – 5 Rikardu Orta, 1:1 – 27 Kim Yen Gvon, 2:1 – 90+1 Xvan Xi Chxan
Yujnaya Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim Yen Gvon (Son Chjun Xo, 81), Kvon Gen Von, Kim Chjin Su, Chjon U Yen, Xvan In Bom, Li Kan In (Xvan Iy Chjo, 81), Li Chje Son (Xvan Xi Chxan, 66), Son Hyon Min, Chjo Gyu Son.
Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Antoniu Silva, Joau Kanselu, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 65), Vitinya (Bernardu Silva, 81), Mateush Nunesh (Palinya, 65), Joau Mariu (Vilyam Karvalyu, 82), Ronaldu (Andre Silva, 65), Rikardu Orta.
Ogohlantirishlar: Li Kan In (36).

image