fbpx Betguru » JCH-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveysariya — pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

JCH-2022. Braziliya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 1-o‘rinni egalladi, Shveysariya — pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa


Jahon chemppionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi.

G guruhi so‘nggi turida muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilgan Braziliya (6, to‘plar nisbati: +2) Kamerunga (4) qarshi bahsda ikkinchi tarkibini tushirdi va qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Shveysariya (6, to‘plar nisbati: +1) esa gollarga boy o‘yinda Serbiyadan (1) ustun kelib, 1/8 finalga chiqqan so‘nggi jamoaga aylandi.

Nimchorakfinalda Braziliya 5 dekabr kuni N guruhida 2-o‘rinni olgan Janubiy Koreya bilan o‘ynasa, Shveysariya 6 dekabr sanasida o‘sha guruh peshqadami Portugaliyaga qarshi maydonga chiqadi.

JCH-2022. G guruhi
3-tur. 2 dekabr
Serbiya — Shveysariya 2:3
Gollar: Mitrovich (26), Vlahovich (35) — Shakiri (20), Embolo (44), Froyler (48).
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich (Gudel, 55), Milenkovich, Pavlovich, Kostich, Milinkovich-Savich (Maksimovich, 67), Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich (Jurichich, 78), Mitrovich, Vlaxovich (Yovich, 55).
Shveysariya – Kobel, Vidmer, Sher, Akanji, Rodriges, Shakiri (Zakariyo, 69), Jaka, Froyler, Sou (Fernandesh, 68), Vargas (Fassnaxt, 83), Embolo (Okafor, 90+6).
Ogohlantirishlar: Vidmer (15), Vargas (34), Milinkovich-Savich (47), Pavlovich (56), Raykovich (66), Gudel (81), Mitrovich (82), Jaka (90+5), Milenkovich (90+5), Sher (90+9).

Kamerun — Braziliya 1:0
Gol: Abubakar (90+2).
Kamerun – Epassi, Fe, Eboss, Vu, Tolo, Kunde (Ntcham, 68), Zambo-Angissa, Ngamale (Ngom-Mbekeli, 86), Shupo-Moting, Abubakar, Mbemo (Toko-Ekambi, 64).
Braziliya – Ederson, Alves, Militao, Bremer, Telles (Markinos, 54), Fred (Gimaraes, 55), Fabino, Jezus (Pedro, 64), Rodrigo (Everton Ribeyro, 55), Martinelli, Antoni (Rafinya, 79).
Ogohlantirishlar: Tolo (6), Militao (7), Kunde (28), Fe (32), Abubakar (81), Gimaraes (85).
Chetlatish: Abubakar (90+3).

image