fbpx Betguru » JCH-2022. BAA Suriyani mag‘lub etib, 3-o‘rinni mustahkamladi.
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

JCH-2022. BAA Suriyani mag‘lub etib, 3-o‘rinni mustahkamladi.

JCH-2022. BAA Suriyani mag‘lub etib, 3-o‘rinni mustahkamladi
JCH-2022 Osiyo saralash bosqich hal qiluvchi raundi 7-turi doirasidagi yana bir uchrashuv yakunlanib, Janubiy Koreyaning Qatarga yo‘llanma olishi kechikadigan bo‘ldi.

BAA o‘z maydonida Suriyani mag‘lub etdi. Kayo Korrea va Yahyo Al-Hassanining gollari amirliklarga muhim uch ochkoni keltirdi – 2:0.

Shu tariqa, BAA 7-turdan keyin matematik jihatdan 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan o‘zib ketish imkonini saqlab qoldi. Eron 19 ochko bilan 1-o‘rinni kafolatlagan holda JCH-2022ga yo‘llanma olgan bo‘lsa, koreyslar hisobida 17 ochko bor. 3-o‘rindagi BAA esa 9 ochko bilan pley-offga yo‘llanma olish imkoniyatini yaxshiladi.

Navbatdagi tur o‘yini 1 fevral kuni o‘tkaziladi. Shu kuni BAA Eronga safar qilsa, Janubiy Koreya safarda Suriyaga qarshi o‘ynaydi.

 JCH-2022. Osiyo 3-saralash bosqichi.
A guruhi. 7-tur
BAA – Suriya – 2:0
Gollar: Kayo Korrea 43, Yahyo Al-Hassani 70.

image