fbpx Betguru » JCH-2022. Angliya AQSHga qarshi qiyin bahsda durang o‘ynadi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

JCH-2022. Angliya AQSHga qarshi qiyin bahsda durang o‘ynadi


Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida V guruhida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

Angliya (4) va AQSH (2) milliy jamoalari o‘rtasidagi tengma-teng kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda hisob ochilmadi.

Guruhning birinchi o‘yinida Eron (3) qo‘shib berilgan daqiqalardagi gollar evaziga Uelsdan (1) 2:0 hisobida ustun kelgandi.

So‘nggi tur oldidan barcha jamoada pley-offga chiqish imkoniyati bor. 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 3-turda Angliya Uels bilan Britaniya derbisini o‘tkazsa, AQSH Eronga qarshi prinsipial to‘qnashuvda maydonga tushadi.

JCH-2022. 3-tur. V guruhi
Angliya — AQSH 0:0
25 noyabr, «Al Bayt»
Angliya – Pikford, Tripper, Maguayr, Stounz, Shou, Rays, Maunt, Saka (Reshford, 78), Bellingem (Henderson, 69), Keyn, Sterling (Grilish, 68).
AQSH – Terner, Dest (Mur, 78), Rim, Simmerman, Robinson, Makkenni (Aaronson, 77), Pulishich, Adams, Musa, Rayt (Sarjent, 83), Vea (Reyna, 83).

image