fbpx Betguru » Ispaniya Kubogi. «Real» «Alkoyano»dan revansh oldi va boshqa natijalar
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

Ispaniya Kubogi. «Real» «Alkoyano»dan revansh oldi va boshqa natijalar

Ispaniya Kubogida 1/8 finalga yo‘l olgan yana 4 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

«Real» safarda 3-divizion jamoasi «Alkoyano» ustidan g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, madridliklarni o‘tgan yili aynan shu jamoa turnirdan chiqarib yuborgandi.

«Selta» kutilmaganda quyi divizion jamoasi «Baleares»ga yutqazib qo‘ydi. «Betis» safarda «Valyadolid»ga javobsiz 3ta to‘p kiritdi.

Ispaniya Kubogi. 1/16 final. 5 yanvar

Alkoyano — Real 1:3
Gollar: Vega (66) — Militao (39), Asensio (77), Isko (79).
Real – Lunin, Nacho, Alaba (Valexo, 86), Militao, Marselo, Kazemiro, Valverde, Kamavinga (Isko, 78), Azar (Kroos, 78), Mariano Dias (Asensio, 48), Rodrigo (Sebalos, 86).

Baleares — Selta 2:1
Gollar: Martines (17, 76) — Mendes (67).

Valyadolid — Betis 0:3
Gollar: Karvalyu (24), Fekir (27), Iglesias (50).

Mirandes — Rayo Valekano 0:1
Gol: Martin (67).

Ishonchli bukmekerni tanlang

image