Saturday, 3 December 2022
← Go to the news

«Inter» «Roma»ni Italiya Kubogidan chiqarib yubordi…

«Inter» «Roma»ni Italiya Kubogidan chiqarib yubordi, Shomurodov zaxirada qoldirildi
Italiya Kubogida chorakfinal bosqichi boshlandi.

«Inter» o‘z uyida «Roma»ni qabul qilib, Jeko va Sanchesning gollari evaziga g‘alaba qozondi hamda yarimfinalga yo‘l oldi.

«Roma» safida O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.

«Inter» yarimfinalda «Milan»—«Latsio» juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Italiya Kubogi. 1/4 final
Inter — Roma 2:0
8 fevral, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Jeko (1), Sanches (68).
Inter — Handanovich, D»Ambrozio, Shkrinyar, Bastoni (de Vrey, 45), Darmian, Barella (Chalxono‘g‘li, 85), Brozovich, Vidal (Vesino, 85), Perishich (Dumfris, 85), Jeko (Martines, 75), Sanches.
Roma — Patrisiu, Smolling, Manchini, Ibanes (Kumbulya, 46), Karsdorp, Oliveyra (Pellegrini, 70), Veretu (Kristante, 70), Vinya (El-Shaaravi, 76), Mxitaryan, Dzanolo, Abraham (Afena-Gyan, 89).