fbpx Betguru » Gandbol. O‘zbekiston
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Gandbol. O‘zbekiston

Gandbol. O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo chempionatini 8-o‘rinda yakunladi
Saudiya Arabistonida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

«Osiyo kubogida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy jamoasi musobaqani kuchli sakkizlikda tamomladi.

Yettinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda vakillarimiz kuvaytlik gandbolchilarga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan o‘yin raqiblarning 32:30 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va O‘zbekiston musobaqani sakkizinchi o‘rinda yakunladi», – deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati finalida Qatar Bahraynni mag‘lub (29-24) etib, chempionlikka erishgan bo‘lsa, bronza medali uchun kurashda Saudiya Arabistoni Erondan ustun (26-23) keldi.

image