fbpx Betguru » Galatasaroy Ikardi, Mata va Demir transferlarini e’lon qildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Galatasaroy Ikardi, Mata va Demir transferlarini e’lon qildi

«Galatasaroy» Turkiyadagi transferlar oynasining so‘nggi kunida bir qancha yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Istanbul klubi «PSJ» hujumchisi Mauro Ikardini bir mavsumga ijaraga oldi, «Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Xuan Mata bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek, «Galatasaroy» Venaning «Rapid» klubidan 6 mln yevroga Yusuf Demirni sotib oldi. 19 yoshli vinger bilan shartnoma 4 yilga mo‘ljallangan. Yusuf o‘tgan mavsumning birinchi yarmini «Barselona»da ijarada o‘tkazgandi.

image