fbpx Betguru » Futzal. Tojikiston Bahraynni mag‘lub etib, guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi Kuvaytda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 1-turi doirasidagi o‘yinlar davom etmoqda.
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Futzal. Tojikiston Bahraynni mag‘lub etib, guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi Kuvaytda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 1-turi doirasidagi o‘yinlar davom etmoqda.

V guruhida O‘zbekiston – Turkmaniston (8:0) uchrashuvidan keyin ikkinchi bahs Tojikiston va Bahrayn o‘rtasida o‘tkazildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda qo‘shnilarimiz Bahrayn ustidan 4:3 hisobida ustun kelib, turnirni g‘alaba bilan boshlashdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston va Tojikiston guruhda 1-2-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, Bahrayn va Turkmaniston 3-4-o‘rinlarda bormoqda.

Futzal. Osiyo chempionati-2022.
Kuvayt. V guruhi. 2-tur
Bahrayn – Tojikiston – 3:4.

Ma’lumot uchun, 2-turda O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 29 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

image