fbpx Betguru » Futzal. O‘zbekiston yoshlar jamoasi CAFA chempionatini Tojikiston ustidan g‘alaba bilan boshladi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Futzal. O‘zbekiston yoshlar jamoasi CAFA chempionatini Tojikiston ustidan g‘alaba bilan boshladi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida futzal bo‘yicha CAFA U-19 chempionatiga start berildi.

1-turda O‘zbekiston yoshlar jamoasi qo‘shni tojikistonlik tengqurlariga qarshi parketga tushishdi. Uchrashuvda yoshlar jamoasi safidagi «Dinamo» futzalchilari Daler Eshonqulovning dubli va Samandar Murodqulovning goli Furqat Xayrulloyev shogirdlariga g‘alaba keltirdi – 3:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar jamoasi turnirdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi. Ikkinchi bahsda esa Eron Afg‘onistonni 10:3 hisobida mag‘lub etdi.

Futzal. CAFA U-19 chempionati.
O‘zbekiston – Tojikiston 3:1
Gollar: Daler Eshonqulov 13, 34, Samandar Murodqulov 39 – Jovidon Xushvaqtov 34.
O‘zbekiston U-19: 12. Umidjon Mahramov, 4.Damir Mamadoliyev, 5.Qosimjon Safarov, 7.Daler Eshonqulov, 9.Timur Salimov.
Zaxira tarkibi: 1.Arsentiy Machulko, 2.Samandar Murodqulov, 3.Abdusattor Abdurahmonov, 6.Baxtiyorjon Ramazanov, 8.Shohruhxon Hasanov, 10 Ruslan Soliyev, 11.Mirshod Abdukarimov, 13.Alan Ahmedov, 14.Doston Usmonov.

image