fbpx Betguru » Futzal. O‘zbekiston Tojikistonga qarshi 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

Futzal. O‘zbekiston Tojikistonga qarshi 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi 4-18-iyul kunlari navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bugun, 4 iyul kunidan Toshkentda yig‘in boshlaydi. Mashg‘ulotlar 18 iyulga qadar davom etadigan yig‘in davomida vakillarimiz 14, 15 va 17 iyul kunlari Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadilar. Bahslar Jizzax FMMning sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

14 iyul
O‘zbekiston — Tojikiston
15 iyul
O‘zbekiston — Tojikiston
17 iyul
O‘zbekiston — Tojikiston

Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov tomonidan mazkur yig‘inga jalb etilgan futzalchilarning ro‘yxati bilan tanishing:

image