fbpx Betguru » Eriksen ikki klubdan birini tanlaydi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

Eriksen ikki klubdan birini tanlaydi

Yarimhimoyachi Kristian Eriksen kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan.

Daniyalik 30 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» va hozirgi jamoasi «Brentford»dan birini tanlaydi.

Mankunianliklarning taklifi moliyaviy jihatdan foydaliroq, ammo Eriksenlar oilasi allaqachon Londondagi hayotga o‘rganib qolgan va Angliya poytaxtini tark etishni istashmayapti.

Shu bilan birga, yarimhimoyachining «Tottenhem»ga qaytishi dargumon, chunki «shporlar» Rodrigo Bentankur va Iv Bissumga tayanadi, Kristian esa JCH-2022 arafasida doimiy o‘yin amaliyotiga muhtoj.

30 iyun kuni Eriksen erkin agentga aylanadi.

image