Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

Erik ten Hag — «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi

«Manchester Yunayted» niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hag yangi mavsumdan klub bosh murabbiyiga aylanishini rasman e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, ten Hag bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolangan bo‘lib, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan.

Avvalroq, «MYU» 52 yoshli mutaxassis uchun uning jamoasi «Ayaks»ga 2 million yevro tovon puli to‘lashi xabar qilingan edi. U 2017 yildan buyon Amsterdam jamoasini boshqarayotgandi.

Erik ten Hagning «Ayaks»dagi yordamchisi Mitchell van der Gaag ham Manchesterga ko‘chib o‘tadi. «MYU» bosh murabbiyi Ralf Rangnik yil yakunida o‘z lavozimini tark etib, jamoada maslahatchi sifatida faoliyat yuritishi haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, «Yunayted» APL 33-turidan keyin 54 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda