fbpx Betguru » Eldor Shomurodov koronavirusdan tuzalib, «Roma» mashg‘ulotlariga qaytdi…
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Eldor Shomurodov koronavirusdan tuzalib, «Roma» mashg‘ulotlariga qaytdi…

Eldor Shomurodov koronavirusdan tuzalib, «Roma» mashg‘ulotlariga qaytdi
«Roma» jamoasidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilana boshladi. Bu haqda Italiya nashrlari xabar bermoqda.

«Il Romanista» nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan haftada koronavirus yuqtirib olgani sababli o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan 4 nafar o‘yinchi tuzalib, safga qayta boshlagan.

Jumladan, bugun 23 fevral kuni «Roma»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov koronavirusdan tuzalib, jamoa mashg‘ulotlariga qaytgan. U futbolchilar bilan birga «Spetsiya»ga qarshi yakshanba kungi o‘yinga tayyorlanmoqda.

Shuningdek, Genrix Mxitaryan, Karles Peres ham takroriy testdan keyin safga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchilar «Roma»ning «Verona»ga qarshi (2:2) o‘tgan haftadagi o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Rimliklar turnir jadvalida 41 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Eldor Shomurodov A Seriya joriy mavsumida 19 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

image