fbpx Betguru » Ekvador bosh murabbiyi: «Van Gal qo‘l ostida 17 o‘yinda yutqazmagan jamoa bilan teng kurash olib bordik»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Ekvador bosh murabbiyi: «Van Gal qo‘l ostida 17 o‘yinda yutqazmagan jamoa bilan teng kurash olib bordik»


Ekvador bosh murabbiyi Gustavo Alfaro JCH-2022 2-turidan o‘rin olgan Niderlandiya (1:1) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu yigitlar bilan, ular ko‘rsatgan o‘yindan faxrlanaman. Birinchi bo‘limdan so‘ng ularga: «Yosh bo‘lganimiz uchun, tajriba yetishmagani uchun yutqazyapmiz», dedim.

Senegalning natijasi (Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi) bizni hayratda qoldirdi. Niderlandiyaga hurmat bilan qaradik. Lekin yigitlarga o‘z ishlarini ko‘rsatish uchun 90 daqiqa vaqt borligini aytdim. Birinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga haqli edik va ikkinchi bo‘limni ham xuddi shunday munosabat bilan boshladik.

Natijaga ahamiyat bermasligimni aytdim. Shunday bo‘ldi, men xursandman.

Van Gal qo‘l ostida 17 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan jamoaga qarshi teng kurash olib bordik. Standartlarni belgilaydigan jamoa. O‘yin davomida ulardan kuchsiz ekanligimizni his qilmadik», — deya

image