fbpx Betguru » Dortmundning “Borussiya” klubi “Ayaks” bilan hujumchi Allerning transferi borasida kelishib oldi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Dortmundning “Borussiya” klubi “Ayaks” bilan hujumchi Allerning transferi borasida kelishib oldi

Amsterdamning “Ayaks” klubi hujumchisi Sebastyan Aller faoliyatini Dortmundning “Borussiya”sida davom ettiradi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manbaning xabariga ko’ra, nemis klubi 27 yoshli futbolchining transferi uchun 35 million yevro to’laydi.Shuningdek, Dortmundning “Borussiya”si ham Aller bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yaqin orada hujumchi tibbiy ko’rikdan o’tadi va kerakli hujjatlarni imzolaydi.

Eslatib o’tamiz, Aller 2021 yilning yanvarida “Vest Xem Yunayted”dan 22,5 million evro evaziga Amsterdam klubi futbolchisiga aylangandi.Frantsiyalik ivuarlik futbolchi klub uchun 65ta o’yinda 47ta gol urdi va 16ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aller va Ayaks o’rtasidagi kelishuv 2025 yilda yakuniga etadi.

image