Saturday, 28 May 2022
← Go to the news

Dohada o‘tgan Turkiya Superkubogida «Beshiktosh» «Antalyaspor»ni mag‘lub etdi

Dohada o‘tgan Turkiya Superkubogida amaldagi chempion va mamlakat Kubogi sohibi «Beshiktosh» Kubok finalchisi «Antalyaspor» bilan bahs yuritdi.

Bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Hatchinson birinchi bo‘limda raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda avtogol muallifiga aylandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda to‘p kiritilmadi. Penaltilar seriyasida «Beshiktosh»ning qo‘li baland keldi.

Turkiya Superkubogi

Beshiktosh — Antalyaspor 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:2.
5 yanvar. Doha. «Ahmad bin Ali»
Gollar: Hatchinson (33) — Hatchinson (74, avtogol).
Beshiktosh – Destano‘g‘li, Roze, Vida, Montero, Yilmaz (Velinton, 103), Hatchinson, Pyanich (Merash, 68), Souza, Batshuayi, Karaman (Ilxan, 80), Larin (Teysheyra, 79).
Antalyaspor – Boffin, Balji, Kudryashov, Sari, Albayroq (Mukayru, 46), Vural, Poli (Floranus, 95), Miloshevich (O‘zmert, 64), Sinik (Erdilman, 98), Krivelli (Bayroqdor, 75), Gasha (Amilton, 64).
Ogohlantirishlar: Sari (4), Pyanich (55), Boffin (60).

Ishonchli bukmekerni tanlang