fbpx Betguru » Dibala: «Roma» menga 10-raqamni taklif qildi, ammo bu raqam Tottida qolishi kerak»
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Dibala: «Roma» menga 10-raqamni taklif qildi, ammo bu raqam Tottida qolishi kerak»

Paulo Dibala «Roma» taklif qilgan 10-raqamli libosni olishni rad etgani sababini aytdi.

«Klub direktori 10-raqamli libosni olishni taklif qildi. Ammo bu raqam Tottiga tegishli ekanligi bilan ham juda muhim hisoblanadi va bu Tottida qolishi kerak deb hisoblayman. Menga bu raqam taklif qilinganidan minnatdorman, buni qadrlayman. Biroq bu juda katta mas’uliyat edi.

Ehtimol, qachonlardir bu libosni egnimga kiyarman. Ammo hozircha 21-raqamni olganimdan mamnunman», – deydi argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Dibala «Yuventus»ni tark etgach, erkin agent sifatida «Roma» safiga qo‘shildi.

image