fbpx Betguru » Di Mariya JCH-2022dan keyin Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Di Mariya JCH-2022dan keyin Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

«PSJ» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

«JCH-2022dan keyin milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Qatardagi turnirda Argentina milliy jamoasi libosida so‘nggi o‘yinlarimni o‘tkazaman. Bu turnirdan keyin xalqaro faoliyatimni yakunlash uchun mos vaqt. Argentinada meni o‘rnimni to‘ldira oladigan yoshlar ko‘p, ular milliy jamoadagi o‘yinlar orqali o‘sib borishadi», – deydi Di Mariya.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Anxel Argentina safida 121 o‘yinda maydonga tushib, 24ta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq, futbolchi mavsum yakunida «PSJ»ni erkin agent sifatida tark etishini ma’lum qilgandi. Unga «Yuventus» klubi qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 bahslari 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatarda o‘tkaziladi.

image