fbpx Betguru » «Chelsi» – «Liverpul» va «MYU» – «Lids» o‘yini qoldirildi. APL 8-turning 7 o‘yinini o‘z vaqtida o‘tkazadi Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti navbatdagi uchrashuvlar qoldirilgani haqida e’lon qildi.
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

«Chelsi» – «Liverpul» va «MYU» – «Lids» o‘yini qoldirildi. APL 8-turning 7 o‘yinini o‘z vaqtida o‘tkazadi Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti navbatdagi uchrashuvlar qoldirilgani haqida e’lon qildi.

APL 8-turi doirasida 18 sentyabr, yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilangan «Chelsi» – «Liverpul» va «Manchester Yunayted» – «Lids» uchrashuvlari Yelizaveta II dafn marosimiga bog‘liq sabablar bilan qoldirildi.

Bungacha tur doirasidagi «Brayton» va «Kristal Pelas» uchrashuvi temiryo‘lchilarning ish tashlash e’lon qilishi ortidan qoldirilgandi.

APL 8-tur o‘yinlari

16 sentyabr (juma)

«Aston Villa» – «Sauthempton» – 23:55

«Nottingem Forest» – «Fulhem» – 23:55

17 sentyabr (shanba)

«Vulverhempton» – «Manchester Siti» – 16:30

«Nyukasl» – «Bornmut» – 19:00

«Tottenhem» – «Lester» – 21:30

18 sentyabr (yakshanba)

«Brentford» – «Arsenal» – 16:00

«Everton» – «Vest Hem» – 18:15.

Avvalroq, Yelizaveta II bilan vidolashuv marosimi sababli Yevropa ligasi doirasidagi «Arsenal» – «PSV», «Reynjers» — «Napoli» o‘yini hamda APL 7-tur uchrashuvlari qoldirilgan edi.

image