fbpx Betguru » «Chelsi» Chaloba bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

«Chelsi» Chaloba bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi


Trevo Chaloba «Chelsi» bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Markaziy himoyachining London klubi bilan tuzgan yangi bitimi 2028 yil iyunigacha amal qiladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.

Chaloba — «Chelsi» tarbiyalanuvchisi va 2007 yildan beri «ko‘klar» tizimida. U ijara asosida «Ipsvich», «Haddersfild» va «Loryan» klublarida o‘ynagan.

Avvalroq futbolchi qishda o‘yin amaliyoti kamligi tufayli klubini o‘zgartirmoqchiligi xabar qilingandi.

23 yoshli himoyachi bu mavsumda londonliklar safida barcha turnirlarda 14ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta sariq kartochka oldi.

image