fbpx Betguru » “Chelsi” “Barselona” bitiruvchisini transfer qilish uchun 53 million evro to’lashi kerak
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

“Chelsi” “Barselona” bitiruvchisini transfer qilish uchun 53 million evro to’lashi kerak

“Chelsi” “Brayton” himoyachisi Mark Kukurellani o’z safiga qo’shib olmoqchi. The Sun xabariga ko’ra, 23 yoshli futbolchining transferi uchun ko’k-anorranglilar 53 million yevro to’lashlari kerak.

Avvalroq, «Manchester Siti» ispaniyalik futbolchini o’z safiga qo’shib olmoqchiligi, Kukurellaning o’zi esa transferni ma’qullagani xabar qilingandi. Himoyachiga “Tottenxem” ham qiziqish bildirgan. Jurnalist Ekrem Qo‘ng‘irning yozishicha, “Brayton” Kukurellaning transferi uchun 36 million yevro so‘ramoqda.

Cucurella – “Barselona” bitiruvchisi. U nihoyat 2020 yilning yozida jamoani tark etib, Xetafega o’tdi. Bir yil o’tib ispaniyalik himoyachi “Brayton” futbolchisiga aylandi.

Kukurella o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi va “Brayton” o’rtasidagi kelishuv 2026 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 20 million yevroga baholamoqda.

image