fbpx Betguru » CH-2022 saralashi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

CH-2022 saralashi.

Yaponiya Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, peshqadam bilan farqni bir ochkoga yetkazdi
JCH-2022 Osiyo saralash bosqich 3-raundi 8-turi doirasidagi markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.

Saitama shahrida o‘tgan «V» guruhi peshqadamlari bahsida Yaponiya Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi. Minamino va Itoning gollari «samuraylar»ga muhim g‘alabani taqdim etdi – 2:0.

Shu tariqa, Moriyasu shogirdlari guruhdagi ochkolari sonini 18taga yetkazib, peshqadam Saudiya bilan farqni 1 ochkoga yetkazishdi. 3-o‘rindagi Avstraliya hisobida 14 ochko bo‘lib, bu jamoa bugun Ummon mehmoni bo‘ladi.

JCH-2022. 3-saralash bosqichi.
V guruhi. 8-tur
Yaponiya – Saudiya Arabistoni – 2:0
Gollar: Minamino 31, Ito 50.

image