fbpx Betguru » Bunu — bir mundialda 3ta o‘yinda to‘p o‘tkazmagan ilk afrikalik darvozabon
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Bunu — bir mundialda 3ta o‘yinda to‘p o‘tkazmagan ilk afrikalik darvozabon


Marokash milliy jamoasi darvozaboni Yassin Bunu JCH-2022da 3ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Qatardagi musobaqaning 1/4 finalida Marokash Portugaliyani mag‘lub etdi (1:0). Shuningdek, «Sevilya» posboni Xorvatiya (0:0) bilan guruh bosqichida va Ispaniyaga (0:0, pen — 3:0) qarshi 1/8 finalda ham to‘p o‘tkazmagandi.

Shu tariqa Bunu bir jahon chempionatida 3ta bahsda to‘p o‘tkazmagan ilk afrikalik darvozabonga aylandi. U milliy jamoada 50ta o‘yinda maydonga tushgan.

image